Misr sudi Muhammad Mursiyga nisbatan josuslik ishi bo‘yicha hukmini 7 mayda e'lon qiladi

Jahon 17:22 / 23.04.2016 937

Misr jinoyat sudi mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va 10 nafar sobiq yuqori lavozimli amaldorlariga nisbatan yakuniy hukmni e'lon qilishni 7 mayga qoldirdi. Ular Qatar foydasiga josuslik kilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda 23 aprel kuni Qoxirada ma'lum qilindi.

Barcha ayblanuvchilar olib kelingan mahkama jarayoni atigi bir necha daqiqa davom etgan. Hakamlar hukmni e'lon qilish muddatini o‘zgartirish haqidagi qarorni o‘qib berishgach, sud zalini tark etishgan. Sudlanuvchilar mamlakatda faoliyati taqiqlangan islomiy uyushma a'zolari hisoblanishadi.

"Musulmon birodarlar" tashkiloti davlat sirini bilishga qaratilgan jinoyatlarni sodir etish va davlatning harbiy, siyosiy, diplomatik va iqtisodiy manfaatlariga ziyon yetkazish maqsadida boshqa davlat bilan josuslik shartnomasiga kirganlikda ayblanadi. Bir yildan ortiq davom etgan mahkama jarayoni yakunida ayblanuvchilarga o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: