Manuel Pellegrini: «Real»da murabbiyni iste'foga chiqarish haqida mavsum boshlanmasidanoq o‘ylay boshlashadi»

Sport 09:16 / 23.04.2016 1816

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini «Real» qarshi YeChL yarim finalidagi to‘qnashuv haqida fikr bildirarkan, o‘zining madridliklar jamoasidagi faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Mening «Real»dagi faoliyatim eng og‘riqli damlar edi. Jamoa tayyor emasdi, bir qancha muammolarni bartaraf etish va jamoani qaytadan shakllantirish zarur edi.

Lekin bu jamoada mavsum boshlanmasidanoq, mavsumlar oralig‘idagi tanaffus vaqtidayoq murabbiyni iste'foga chiqarish haqida o‘ylay boshlashadi. Bizda o‘shanda ko‘p hujumchilar bor edi, lekin ularni to‘p bilan ta'minlashi kerak bo‘lgan yarim himoyachilar taqchil edi. Bunday jamoa bilan YeChL g‘olibligi uchun kurashib bo‘lmasdi.

Men ham ishdan ketishim haqida «Alkorkon»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin yoki YeChLni tark etishdan keyin emas, avgustdayoq, hali mavsum boshlanmasidanoq o‘ylay boshlagandim. Menda jamoa rahbariyati bilan hech qanday munosabat bo‘lmagan», – deydi Pellegrini.

Ko‘proq yangiliklar: