«Liverpul» futbolchisi doping-nazoratidan o‘ta olmadi

Sport 18:42 / 23.04.2016 1378

Angliya premer-ligasi «Liverpul» jamoasi himoyachisi Mamad Sako doping testidan salbiy natija bilan chiqdi, deb habar qilmoqda Reuters agentligi.

Manbaning xabar qilishicha, futbolchi semirishga qarshi maxsus dori iste'mol qilgan, hapdori esa doping bo‘yicha taqiqlangan ro‘yxatda bo‘lgan.

Liverpul shahri jamoasi 26 yoshli fransuz futbolchini vaqtincha o‘yinlardan chetlatishga qaror qilgan. Endilikda, doping nazorati bo‘yicha qo‘mita mazkur voqea yuzasidan yakuniy qarorini e'lon qilishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: