Kruiz laynerlariga Boltiq dengiziga oqova suvlarni to‘kish man qilinadi

Jahon 20:38 / 23.04.2016 1138

Yo‘lovchi kemalariga Boltiq dengiziga oqova (kanalizatsiya) suvlarni to‘kish man qilinadi. Taqiqlov bo‘yicha muzokaralar 5 yil davom etdi.

2019 yildan bu chora yangi kruiz laynerlariga, 2021 yildan esa eski kemalarga ham tatbiq qilinadi.

Xalqaro dengiz toshkiloti (IMO) ma'lumotiga ko‘ra, kelishuv kuchga kirgandan keyin Boltiq dengiziga faqatgina kema bortida tozalashdan o‘tgan suvlargina oqizilishi mumkin bo‘ladi.

IMO mintaqadagi davlatlar bu yangi qoidalarga oxirgi muddatni kutib o‘tirmagan holda amal qilishlariga umid qilmoqda.

Boltiq dengizi eng ifloslangan dengizlardan biri hisoblanadi, biroq shunga qaramay, ko‘pgina davlatlar oqova suvlarni oqizishning taqiqlanishiga qarshi chiqmoqdalar, deb xabar bermoqda YLE nashri.

Ko‘proq yangiliklar: