Kanadaning Brayton shahrida (Ontario viloyati) kulguli holat yuz berdi. Bir erkakning qo‘shnilari erkak rafiqasi bilan janjalashayapti, deb o‘ylab politsiya chaqirtirishgan. CBC.ca saytining ma'lum qilishicha, erkak janjalashayotgan "rafiqasi" uning to‘tisi bo‘lib chiqqan.
Ma'lum qilinishicha, politsiyaga birdaniga bir necha kishi murojaat qilgan va erkakning rafiqasi bilan janjalashayotgani va uni o‘ldirish bilan tahdid qilayotganini ta'kidlashgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar erkak uyida bir o‘zi ekanligini aniqlashgan.
"Biz to‘tisiga baqirayotgan uy egasini ko‘rdik. Uning aytishicha, u to‘tisini cho‘qigani uchun koyigan", deb aytdi politsiya vakili. Politsiyachi kanadalik spirtli ichimlik ichib o‘tirganini, biroq to‘tiga hech qanday xavf bo‘lmaganini aytgan.
Politsiyachilar erkakka nisbatan hech qanday chora ko‘rishmagan.