Fransiyaning shimolidagi Erve okrugidagi Nonankur shahrida turar-joy binosida gaz chiqishi oqibatida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda BFMTV.
Uyda yashaydigan 30 kishi evakuatsiya qilingan. Bir kishi hanuzgacha vayronalar ostida qolmoqda. Bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Voqea joyida 50 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi ishlamoqda.