Fransiya Ekvadorga suvni tozalash bo‘yicha mutaxassislarni yuboradi

Jahon 17:32 / 23.04.2016 1401

Fransiya Ekvadorda yuz bergan 7,8 ballik dahshatli zilziladan bir hafta o‘tgach, 30 nafar harbiydan iborat bo‘linmasini Lotin Amerikasi mamlakatiga yuboradi. Ular suvni tozalash bo‘yicha Ekvador hukumatiga yordam berishi ko‘zda tutilagna. Bu haqda France Info radiosida xabar qilingan.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro va mamlakat IIV rahbari Bernar Kaznevning qo‘shma matbuot anjumanida bergan bayonotlariga ko‘ra, harbiylarning vazifasi ichimlik suvini ishlab chiqish, tahlil qilish va tabiiy ofatdan jabrlangan aholiga tarqatishdan iborat bo‘ladi.

Frantsuz harbiylari o‘zlari bilan birga 21 tonnalik jihozlar va 4 dona suv tozalash uskunalarini olib borishadi. Shu bilan birga, Fransiyaning Kitodagi elchixonasi xodimlari ham Ekvador hukumatiga yordam berishmoqda.

Rixter shkalasi bo‘yicha 7,8 ballik yer silkinishi 16 aprel kechqurun sodir bo‘lgandi. Uning markazi Muisne aholi punktidan 28 km janubi sharqda, 20,2 km chuqurlikda joylashgan edi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofatdan halok bo‘lganlar soni 600dan oshib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: