Ekvadorda sodir bo‘lgan talofatli zilziladan so‘ng 714ta yerosti silkinishi qayd etildi

Jahon 10:20 / 23.04.2016 1266

2016 yilning 16 aprel kuni Ekvadorda qayd etilgan Rixter shkalasi bo‘yicha 7,8 ballik dahshatli zilziladan so‘ng, shu kungacha 714 marta takroriy yer silkinishlari kuzatilgan. Mamlakat geofizika instituti rahbari Mario Ruis shu haqda ma'lum qilgan. Ularning eng kuchlisi 5,2 ballni tashkil etdi.

Ekvador shimoli-g‘arbidagi Manabi provinsiyasi Pedernales shahrida yuz bergan tabiiy ofat, 1979 yildan beri eng kuchli zilzila hisoblanadi. So‘nggi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 602 nafar inson qurbon bo‘lgan, qariyb 12,5 ming kishi jabrlangan. Mamlakat iqtisodiyotiga yetkazilgan iqtisodiy zarar ko‘lami milliardlab dollarda hisoblanmoqda.

Mintaqaning qator mamlakatlari, xususan Boliviya, Venesuela, Kolumbiya, Kuba va Meksika Ekvadorga qutqaruvchilar va gumanitar yordamlarini yubordi. Rossiya FVV maxsus reys orqali jo‘natgan gumanitar yordami ham 22 aprel kuni respublikaga yetib borgan.

Ko‘proq yangiliklar: