Apple kompaniyasi o‘zining ishlab chiqaruvchilar tarmog‘ida yangi hisobotni chop etdi, unga ko‘ra shu yilning 18 aprel holatiga binoan barcha iOS-qurilmalarning 84 foizi eng so‘nggi iOS 9 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlamoqda. Fevral oyida bu ko‘rsatkich 77 foiznigina tashkil etgan. Shuni ta'kidlash joizki, foydalanuvchilar iOS 9ni o‘tgan yili iOS 8ga qaraganda tezroq o‘rnatishgan. Shunday bo‘lsa-da, iPhone, iPad va iPod touch egalari iOS 7 ga to‘qqizga nisbatan faolroq o‘tishgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda iOS'ning eng so‘nggi versiyasi - 9.3.1, ammo kompaniya 9.3.2 versiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Yaqin kunlarda esa ikkinchi beta-versiya paydo bo‘ldi, unga ko‘ra energiya tejovchi va tungi rejimlaridan bir vaqtning o‘zida foydalansa bo‘ladi.
Apple kompaniyasining 13 iyunda bo‘lib o‘tadigan WWDC 2016 konferensiyasida iOS 10 versiyasining taqdimoti kutilmoqda.