Yaponiya "stels" texnologiyasiga ega birinchi qiruvchi samolyotining sinov parvozini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Yaponiya mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.
Advanced Technology Demonstrator X deb nomlangan samolyot Nagoyadagi aeroportdan havoga ko‘tarildi va Gifu prefekturasidagi harbiy-havo bazasigacha uchib bordi.
Ta'kidlanishicha, yangi qiruvchi samolyotning fyuzelyaji uzunligi 14 metrni, qanotlari qulochi esa 9 metrni tashkil qiladi.
Yaponiya tarixidagi birinchi milliy stels-samolyotini Mitsubishi Heavy Industries mashinasozlik kompaniyasi yaratdi.
Samolyotni yaratish loyihasi 2009 yilda boshlangan va ayni vaqtda Yaponiyaga 335 mln dollarga aylandi.