Xitoylik tadbirkor, Guan Sheng Yuan yirik oziq-ovqat kompaniyasi rahbari Ven Mao Yuntay tog‘iga (Xenan provinsiyasi)d sayohati chog‘ida halok bo‘ldi.
Voqea 19 aprel kuni sodir bo‘lgan. 67 yoshli tadbirkorning o‘limiga baxtsiz hodisa sabab bo‘ldi - uning boshiga tepadan maymun otgan tosh keli tekkan. Mao darhol shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uni qutqarib qola olmadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda bu sayyohlik yo‘nalishi yopiq. Yuntay tog‘i yovvoyi maymunlar yashovchi joyligi bilan mashhur.
Guan Sheng Yuan Group kompaniyasiga 1918 yilda asos solingan, u Shanxayda joylashgan. Uning eng mashhur mahsuloti - "Belyy krolik" konfetlari. Bu shirinlik ko‘p xitoyliklarga bolalik davrini eslatadi. Bugungi kunga kelib ushbu shirinlik eksporti 40dan ortiq mamalakatlarda yo‘lga qo‘yilgan, ularning orasida AQSh va Yevroittifoq mamlakatlari ham bor.