Respublikachilar partiyasidan Amerika prezidentligiga da'vogar Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi tamoyillarini o‘zgartirib, an'anaviyroq yo‘nalishda olib bormoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, millioder endi tashqi siyosatga ko‘proq ahamiyat beradi hamda spichrayter va telesuflyorlar xizmatidan foydalanadi.
“Men ham kampaniya bilan birga rivojlanib, o‘zgarib bormoqdaman”, - ma'lum qildi Tramp.
U endi intizomliroq bo‘lishini bildirdi. Milliarder “hamma ishning pachavasini chiqarishni istamagani uchun” o‘zgarishiga to‘g‘ri keladi.
Biroq uning “shaxsiy” uslubi o‘zgarmasligi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Indiana shtati saylovoldi majlisida Tramp o‘z odatlariga sodiq qolib, raqibi senator Ted Kruzni “yolg‘onchi”, AQSh sobiq davlat kotibini esa “sotqin Hillari” deb atagandi. Biroq Nyu-Yorkda praymerizdan keyingi chiqishida u o‘zini ancha sipo tutdi. 8 daqiqalik nutqi davomida u raqiblarini achchiq so‘zlar bilan siylamadi.