Venesuela hukumati yaqin 40 kun ichida har kuni uzatiladigan elektr energiya vaqtini qurg‘oqchilik sababli 4 soatga qisqartiradi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, mamlakatda kuzatilayotgan qurg‘oqchilik gidroelektr stansiyaning ishida uzilishlarga sabab bo‘lgan.
Mamlakat energetika vaziri Luis Mottaning aytishicha, mamlakatda elektr energiyani berishdagi cheklovlar keyingi haftadan kuchga kiradi.
Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro odamzodning go‘zal juftlarini sochlarni quritishda fendan foydalanmaslikka chaqirgandi.