Vatikan giyohvandlik vositalarini qonuniylashtirishga keskin qarshilik qilishini e'lon qildi. Shuningdek, giyohvandlikning oldini olish, davolash va qaram odamlarni reabilitatsiya qilishda oila eng katta ahamiyat kasb etishini bildirildi. Bu xaqda 21 aprel kuni BMT qoshidagi papa nuntsiysi (elchi) arxiyepiskop Bernardito Auso Bosh Assambleyaning giyohvandlik jahon muammosi bo‘yicha maxsus sessiyasida ma'lum qildi.
Shuningdek, arxiyepiskop giyohvand moddalarni qabul qilish bilan bog‘liq jinoyatlarga munosib jazo berishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatlarning barchasi ham bir xil og‘irlikka ega emas. Giyohvand moddalarga qaram odamlarga haddan ziyod qattiqqo‘llik u o‘zini tiklashida yordam bermasligidan ogohlantirar ekan: “Xalqaro kontrabandistlar, mahalliy olib-sotuvchilar va iste'mol qiluvchilarga turli munosabatda bo‘lish lozim”, - dedi u.