AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, milliarder Donald Tramp 20 dollarlik qog‘oz pulda AQSh prezidenti Endryu Jyeksonning surati o‘rniga AQShda quldorlikka qarshi kurashgan afroamerikalik ayol Garriyet Tambenning surati tasvirlanishiga qarshi chiqmoqda.
Bundan avval AQSh moliya vazirligi 5, 10 va 20 dollarlik qog‘oz pullar o‘zgarishini ma'lum qilgandi. 20 dollarlik qog‘oz pulda 19-asrda qullarning ozod etilishi harakatining atoqli arbobi bo‘lgan Garriyet Tabmen surati tasvirlanishi ma'lum qilingandi.
Tramp AQShning 7-prezidenti Jyeksonni himoya qilishga qaror qildi. U bunday qilish qo‘pollik bo‘lishi va bu taklifni kamchilikni xafa qilmaslik istagi deb atagandi.
Tramp buning o‘rniga Tambenning suratini hozirda boshqa bir prezident – Tomas Jyefferson surati tasvirlangan 2 dollarlikda tasvirlashni taklif qilmoqda.
2 dollarlik qog‘oz pul muomalada 20 dollarlikdan kamroq uchraydi.