Suriyadagi Inson huquqlari bo‘yicha kuzatuvchi kengash ma'lumotiga ko‘ra, Suriya armiyasi samolyotlari tomonidan amalga oshirilgan havo zarbalari oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan.
Reyter agentligi xabariga ko‘ra, havo zarbalari Halab shahri yaqinidan amalga oshirilgan.
Shuningdek, bu hujum tufayli o‘nlab kishilar jarohatlangani aytilgan.
Bundan oldinroq, Turkiya chegara qo‘shinlari Suriya va Turkiya chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan suriyalik ayollar va bolalarni o‘qqa tutgani haqida xabar berilgandi.
«Chegara bilmas shifokorlar» ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda bu hududda 100 mingdan ortiq kishi Halab yaqinida qurshovda qolgan.