Qarshida "mavhum ishchilar" orqali noqonuniy daromad orttirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Jamiyat 17:05 / 22.04.2016 1173

Nurmamat Do‘stqobilov 2005 yildan beri Qarshi shahridagi 6 – oilaviy poliklinika bosh vrachi lavozimida ishlab kelayotgandi. Poliklinika bosh hisobchisi Shahlo Bo‘riyeva, xazinachi Rahima Shodmonova bilan jinoiy til biriktirib, o‘ziga xos “uchburchak” tashkil etdi. Va bu “uchburchak” davlat mablag‘lari va o‘zgalarga tegishli bo‘lgan rizqni yuhoday domiga torta boshladi.

Uchovlon birgalikda 2013 yil 1 maydan 2015 yil 1 iyun kuniga qadar o‘zlarining va o‘zgalarning plastik kartochkalariga jami 228 mln. 100 ming 162 so‘m mablag‘ni asossiz ravishda o‘tkazib, o‘zlashtirib yubordi. Shuningdek, poliklinikaning 3 nafar xodimiga homiladorlik nafaqasini oshiqcha hisoblab, davlat byudjyetiga jami 805 ming 921 so‘m ziyon yetkazishgan. Faqat shugina emas, salkam ikki yil davomida uchovlon bankdan kassa cheki orqali davlatga jami 30 mln. 921 so‘m ziyon yetkazishgan. Buning uchun soxta to‘lov qaydnomalari tuzilgan. Muassasada ishlaydigan yoki bu yerga umuman daxli bo‘lmagan kishilar nomiga ish haqi yozilib, soxta imzolar qo‘yilgan.

Poliklinikada ishlamagan o‘n besh kishining nomiga plastik kartochkalar ochildi. Ikki yil davomida ularning plastik kartochkalariga jami 150 mln. 640 ming 900 so‘mdan noqonuniy tarzda o‘tkazildi.

Bu o‘rtada “negadir” xodimlarning ish haqiga 96 mln. 625 ming 541 so‘m oshiqcha to‘lab yuborilgan.

Xullas, bu kabi “usul”lar orqali jami 507 mln 130 ming so‘m miqdordagi davlat mablag‘i o‘zlashtirildi va rasttrata yo‘li bilan talon–taroj qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida sudlanuvchilar Nurmamat Do‘stqobilov, Shahlo Bo‘riyeva hamda Rahima Shodmonovaning mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: