O‘zbekiston U-19 Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi 2ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Sport 15:27 / 22.04.2016 1494

Shu yilning 13 — 30 oktabr sanalarida bo‘lib o‘tadigan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi aprel oyi yakunida yana bir yig‘in o‘tkazadi.

Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi navbatdagi yig‘inini Saudiya Arabistonida o‘tkazadi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasiga qarshi ikki bor o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabar bergan.

Saudiya Arabistoni U-19 – O‘zbekiston U-19 dastlabki uchrashuvi 28 aprel kuni o‘tkazilsa, ikkinchi uchrashuv 30 aprel sanasiga belgilangan. Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:45da boshlanadi.

Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvlari Saudiya Arabiston qirolligining Al-Hobar shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: