21 aprelda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ye. Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarning bugungi va istiqboldagi hamkorligini yuqori darajaga olib chiqish masalalari muhokama etildi.
Ikki tomonlama tovar aylanmasi, transport va tranzit sohasidagi harakatlarni yuksaltirish masalalari ko‘rib chiqildi, deb ma'lum qiladi vazirlik matbuot xizmati.