Ohayoda noma'lum shaxs 1 oilaning 7 a'zosini otib tashladi

Jamiyat 20:40 / 22.04.2016 1286

AQShning Ohayo shtati, Payk okrugi hududida 7 kishi noma'lum shaxs tomonidan otib o‘ldirilgan. Bu haqda 22 aprel kuni BNO News xabar tarqatdi.

Qotil voqea joyidan yashiringan.

Xabarda aytilishicha, qurbon bo‘lganlarning barchasi bir oila vakillari bo‘lishgan. Ularning orasida norasida go‘daklar ham bor. Jasadlar uydagi 3 xonada aniqlangan.

Ayni vaqtda voqea joyia maxsus xizmat xodimlari ish olib borishmoqda. Ohayo tekshiruvlar byurosi voqea ro‘y bergan hududgan o‘ndan ortiq agentlarini yuborgan.

Bu xunrezlik amalga oshirilgan uy yaqinidagi maktab vaqtinchalik yopilgan.

Ko‘proq yangiliklar: