AQSh prezidenti Barak Obama Buyuk Britaniya poytaxti London shahriga tashrif buyurdi.
Reuters agentligining yozishicha, Obama safari davomida britaniyaliklarni YeIdan chiqishga qarshi ovoz berish uchun ko‘ndirishga harakat qiladi. Bu bo‘yicha referendum 23 iyun kuniga belgilangan.
Bundan oldinroq, Obama Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul Aziz bilan Ar-Riyoddagi uchrashuvda bu mamlakatning mintaqadagi asosiy raqibi Eronning harakatlarini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi.