22 aprel kuni AQSh prezidenti Barak Obama Londondagi Vindzor qasriga kelib, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan uchrashdi.
"Barak Obama Britaniyadagi tashrifini 90 yillik yubileyini nishonlayotgan qirolicha bilan tushlik qilishdan boshladi", deya yoziladi mahalliy nashrlarda.
Tongda Saudiya Arabistonidan kelgan Obama va uning rafiqasi Vindzor saroyida qirolicha Yelizaveta II hamda uning turmush o‘rtog‘i Filip Edinburgskiy bilan birga tushlik qilgan.
Tushlik qilish paytida amerikalik prezident qirolichani 90 yoshi bilan muborakbod etdi.
Barak Obama va uning rafiqasi Londonga 3 kunlik tashrif bilan kelgan.
Tushlikdan keyin Obama Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashgan. Tomonlar IShIDga qarshi kurashish, Afg‘onistondagi harakatlarni muvofiqlashtirish, iqtisodiy hamkorlik masalalari hamda Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga javob qaytarish masalalarini muhokama etishgan.
Obamaning tashrifi davomidagi eng asosiy muhokamalar 23 iyun kuni o‘tkaziladi, shu kuni AQSh rahbari Buyuk Britaniyaning YeIga a'zoligidan chiqishi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumda britaniyaliklarning bunga rozilik bildirmaslikka chaqirishi kutilmoqda.
Bu borada u tutgan pozitsiya London meri Boris Jonson tomonidan tanqid ostiga olingan. U Obamani "Britaniya uchun yomonlik tilashda" ayblagan.
Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendum 23 iyun kuniga belgilangan. Mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron ham YeIda qolish tarafdori hisoblanadi.
Mamlakat sobiq bosh vaziri, konservator Ien Dankan Smit esa YeIdan chiqish harakati tashabbuskorlaridan biri hisoblanib, u Obamani "ikkiyuzlamachilik"da ayblaydi.
23 iyun kuni kechasi Kensington saroyida Obama sharafiga shahzoda Uilyam, uning rafiqasi Keyt hamda ikkinchi shahzoda Harri tomonidan tashkillashtirilgan qabul o‘tkaziladi.