OAV: WADA 2ta soxta test tufayli Pekindagi laboratoriya akkretidattsiyasini vaqtinchalikka bekor qildi

Sport 12:08 / 22.04.2016 1045

Butundunyo aksildoping agentligi (WADA) Xitoyning Pekin shahridagi milliy aksildoping agentligi laboratoriyasi akkreditatsiyasini 2015 yilning oktabrida o‘tkazilgan 2ta soxta sinov tufayli vaqtinchalikka bekor qilgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar berdi.

21 aprel kuni Pekindagi laboratoriya faoliyati 4 oyga to‘xtatilgandi. Bu vaqt davomida laboratoriyada hech qanday testlar o‘tkazilmaydi.

Laboratoriya tekshiruv davomida aniqlangan xatoliklarni bartaraf etishi kerak bo‘ladi. Barcha tartiblarga rioya etiladigan bo‘lsa, u 4 oy davomida akkreditatsiya qaytarib berilishi mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: