OAV: Suriyada Isroil samolyoti rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilgan

Jahon 15:07 / 22.04.2016 924

Suriya hududidagi rossiyalik harbiylarning qiruvchi samolyotidan kamida 2 marta Isroil Harbiy havo kuchlari samolyotiga o‘t ochgan. Bu haqda Isroilning Yedioth Ahronoth nashri xabar tarqatgan.

Bu ma'lumot manbasi keltirilmagan. Shuningdek, hodisa aynan qachon va qaysi hududda ro‘y berganiga aniqlik kiritilmagan.

Xabarda aytilishicha, Isroil prezidenti Reuven Rivlinning Moskvada Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan 15 mart kuni o‘tkazilgan uchrashuvida shu masala ham muhokama etilgan. O‘shanda Putin bu hodisa haqida ilk marta eshitgani aytilgan.

21 aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda bu masalaga qaytilgani haqida ma'lumot yo‘q.

Isroil Mudofaa vazirligi bu xabarga munosabat bildirishni istamagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi bu xabarni o‘rganayotgani aytilgan. Bu borada rasmiy ma'lumot berilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: