McLaren F1 muallifi ixcham kontsept-kar ishlab chiqdi

Fan-texnika 19:45 / 22.04.2016 1988

Afsonaviy super mashina McLaren F1 yaratuvchisi britaniyalik avtomobil muhandisi Gordon Myurrey Shell bilan hamkorlikda o‘zining yangi T.27 loyihasi doirasida yangi versiyasini ishlab chiqdi. Almashtirsa bo‘ladigan kuzov paneliga ega mikrolitrajli shaharbop ixcham avtomobil Shell Concept Car nomini oldi. Bu haqda motor.ru sayti xabar berdi.

Mashina kuzovining uzunligi 2500 millimetr, eni – 1350 millimetr, balandligi – 1600 millimetr. Qayrilib olish aylanasi olti metrga teng. Benzin baki hajmi - 22 litr, yukxona hajmi – 160 litr (orqa o‘rindiqlarni yiqqan holatda – 720 litr).

Goto firmasi Smart’dan 660 kubli uch silindrli dvigatelini me'yoriga yetkazib ishlab chiqdi. Bunda u 17ta tarkibiy qism, masalan, porshen, halqa, shatunga qo‘shimcha ishlov berdi. Shell aynan shu motor uchun maxsus moy va boshqa moy materiallarini yaratdi. Agregat 43ta ot kuchiga ega. U mashinani 15,8 soniyada noldan soatiga 100 kilometrgacha tezlikka olib chiqa oladi. Maksimal tezlik – soatiga 145 kilometr. Har yuz kilometr masofaga 2,64 litr yoqilg‘i sarflaydi.

Chapdan o‘ngga: Gordon Myurrey, Xidexito Ikebe (Geo Technology bosh muhandisi) va Bob Meynuoring (Shell innovatsion moyli materiallar bo‘limi muhandisi). Loyihaga jami 80dan ortiq kishi jalb etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: