Yevropa Ittifoqi kengashi yangi chegara va sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatini yaratishni ma'ulladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Bugun biz Yevropaning chegara va sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatini yaratish bo‘yicha kelishuvga keldik", deb aytdi Yevropa Ittifoqining migratsiya va fuqarolik ishlari bo‘yicha yevrokomissari Dimitris Avramopulos.
Yangi chegara xizmatining yaratilishi haqidagi qaror Yevropa Ittifoqining 28 ta davlati ichi ishlar vazirlari ishtirokidagi anjuman natijalariga ko‘ra qabul qilindi.
Avvalroq Yevrokomissiyaning byudjyet va muhojirlar muammolari bo‘yicha vitse-prezidenti Kristalina Georgiyeva Yevropada qochqinlar muammosini hal qilish uchun qo‘shimcha 15 mlrd dollar kerakligini ytgandi.