Yevroparlament 2018 yildan 16 yoshga yetmagan shaxslarga ota-onalarning ruxsatisiz Facebook, Snapchat va Twitter ijtimoiy tarmoqlariga ro‘yxatdan o‘tishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
eMarketer analitika kompaniyasi tadqiqotlariga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchining yoshi 13 yoshdan kam bo‘lmasligini talab qilsa-da, 11 yoshdan kichik bo‘lgan har beshta bolaning bittasi o‘z sahifasiga ega.
Nashrga ko‘ra, kompaniyalar ota-onalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsati yoki taqiqini olish usulini ishlab chiqishlari lozim. Ushbu yangi qaror aynan qay yo‘sinda amalga oshirilishi hali ma'lum emas.
Ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida mazkur cheklovni nazarda tutmagan kompaniyalarga dunyo bo‘yicha daromadining 4 foizi miqdorida jarimaga tortiladi.