«Bavariya» «Borussiya»dan yana bir futbolchini transfer qilmoqchi

Sport 08:35 / 22.04.2016 951

«Bavariya» Dortmundning «Borussiya» jamoasi himoyachisi va sardori Mats Hummelsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Bild nashri ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar muzokaralar boshlagan. Futbolchining transferi qiymati taxminan 30 million yevro bo‘lishi aytilgan.

Hummels «Bavariya» maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u 2009 yilda «Borussiya»ga 4 million yevro evaziga o‘tgandi.

Myunxenliklar bundan oldin ham dortmundliklarning yetakchilar bo‘lgan Levandovski va Mario Gyottse kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: