Audi A6 va A7 modellari smartfon uchun simsiz quvvatlash qurilmasi bilan jihozlandi

Fan-texnika 23:19 / 22.04.2016 2208

Audi kompaniyasi yangilangan A6 va A7 Sportback oilalarini namoyish qildi. Modellarda kuzovning old va orqa qismlari dizayni biroz o‘zgardi hamda jihozlanish ro‘yxati kengaydi. Misol uchun, A6’da yangi Q7’dagi kabi smartfonlar uchun simsiz quvvatlash qurilmasi va orqa o‘rindiqlardagi yo‘lovchilar uchun ikkita planshetli ko‘ngilochar tizimi paydo bo‘ldi, planshetlardan mashinadan tashqarida ham foydalanish mumkin.

A6 tashqi ko‘rinishi deyarli o‘zgarmadi – yangilangan modelni faqatgina gorizontal tasmalar va tumanga qarshi faralarning hoshiyasidan farqlash mumkin. Faralar hoshiyasi avval xromlangan bo‘lgan, endi esa ular qora rangda bajarilgan.

Modelning orqasida boshqa diffuzor paydo bo‘ldi, S line paketiga ega modifikatsiyasida radiator panjarasi qora hoshiyaga va xromlangan gorizontal plastinkalarga ega.

Bundan tashqari, A6’ga kuzov bo‘yalishining ikkita yangi varianti (qizil rangdasi Matador red va yashil rangdasi Gotland green deb nomlanadi) va g‘ildirak disklari dizayni hamda interer versiyalari va bezak elementlari qo‘shildi. MMI multimedia tizimi endi Apple Car Play va Android Auto’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

A6’ning barcha variantilari uchun Advanced package paketi mumkin bo‘ldi, unga jigarrang kuzov, 20 dyuymli g‘ildiraklar diski, faol orqa differensialli to‘liq privod, jigarrang charm bilan qoplangan sport kursilari, salondagi alyuminiy bezaklar va velyur gilamchalar kiradi.

Yangi Audi A6 va Audi A7’larga maydan boshlab buyurtma berish mumkin. Mashinalar dilerlarga iyulda yetib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: