O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining ma'lum qilishicha, xonanda Aziza Niyozmetovaga berilgan konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish, shu jumladan, to‘y, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatish huquqi berilgan litsenziyaning amal qilish muddati 2015 yil 28 avgustda tugaganligini ma'lum qildi.
2016 yil 7 aprel kuni xonanda Aziza Niyozmetova “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga chaqirtirilib, ushbu holat yuzasidan ogohlantirilib, tushuntirish xati olingan. Xonandaga odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, sahna madaniyati va tashqi ko‘rinishi madaniyatiga zid bo‘lgan harakatlar sodir qilmaslik, tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilmaslik, milliy mentalitetga, milliy qadriyatlar va urf odatlarimizni muntazam hurmat qilish, shaxsiy muammolarni o‘zoro kelishgan holda amaldagi qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda hal etish so‘ralgan.