Ekvador prezidenti Rafael Korrea qo‘shimcha qiymat solig‘i ikki foizga oshirilganini ma'lum qildi.
Korrea fuqarolariga murojaat qildi va qo‘shimcha to‘plangan mablag‘lar 16 aprel zilzilasidan so‘ng mamlakatni qayta tiklashga sarflanishini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Ushbu chora bir muddatga tatbiq etildi.
7,8 magnitudali zilziladan hozirgacha taxminan 570 nafar odam nobud bo‘lgan.