UFC chempioni, yakkakurash jangchisi Konor Makgregorning Neyt Diasga qarshi revansh jangi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda tvitterda jurnalist Ariel Xelvani ma'lum qildi.
Ushbu ma'lumotni UFC prezidenti Dan Uayt tasdiqladi. U Konor jang qilishni istamasa, chempionlik unvonini bo‘shatib berishi kerakligini aytgan. Uaytning ishonishicha, Makgregor 2016 yilda ringga qaytadi.
"Bizda musobaqa promousheni va Makgregor – Dias jangi uchun tadbirlar belgilangandi. Bu tadbirlar kelayotgan dam olish kunlarida bo‘lishi kerak edi. Konor bu tadbirlarni may oyiga ko‘chirishni iltimos qildi, biroq men buning imkoni yo‘qligini aytdim. Shundan keyin u kelishdan bosh tortdi va men jangni bekor qilishga qaror qildim", deb aytdi Uayt.
19 aprelda Makgregor tvitterda mavhum post chop etdi: "Men ishlardan yoshligimda ketishga qaror qildim. Rahmat. Keyinroq uchrashamiz".
9 iyulga Makgregor va Neyt Dias o‘rtasida jang o‘tkazilishi belgilangandi. Ular o‘rtasidagi 5 martdagi birinchi jangda Dias g‘olib bo‘lgandi.