Venesuela parlamenti prezidentlik vakolati muddatini 6 yildan 4 yilga tushirish uchun ovoz berdi

Jahon 12:21 / 21.04.2016 1640

Venesuela parlamenti (Milliy assambleya) 20 aprel kuni konstitutsion islohot haqidagi qonun loyihasini bir o‘qishda ma'qulladi.

Bu tashabbus mamlakatda prezidentlik vakolati muddatini 6 yildan 4 yilga tushirishni hamda bir shaxsning cheklanmagan muddatga saylanish imkoniyatini cheklashni nazarda tutadi.

Bolivarian respublika parlamentida ayni vaqtda prezident Nikolas Maduroning muxoliflari bo‘lgan Demokratik birlik bloki vakillari mutlaq ko‘pchilikni tashkil etadi.

"Venesuelada keng ko‘lamli siyosiy va iqtisodiy inqiroz davom etmoqda. Kema ko‘p joylarga suzib bordi. Endi biz venesuelaliklarni mavjud vaziyatdan olib chiqishimiz kerak", deya muxolifat vakili, qonun loyihasi muallifi Luis Emilio Rondonning so‘zlarini keltiradi Notimex agentligi.

2009 yilda o‘tkazilgan referendumlar natijasida mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilgan, prezident, merlar va gubernatorlarning 2 martadan ortiq lavozimga saylanishi va tayinlanishi borasidagi cheklov olib tashlangandi. Endi parlamentdagilar faqat bir martalik muddat haqida taklif qilishmoqda.

2015 yilning dekabrida o‘tkazilgan parlament saylovlarida Venesuelaning muxolifat kuchlari parlamentdagi jami 167 ta joydan 109 tasiga ega bo‘ldi. Bu keyingi 17 yil ichida chavistlar (marhum diktator Ugo Chaves tarafdorlari) mag‘lubiyati bo‘ldi.

Yanvarda Venesuelada hukumatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlari o‘rtasidagi nizolar yuzaga keldi.

Ko‘proq yangiliklar: