Portugaliyaning Lissabon shahrida 6 may kuni o‘zbek-portugal biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Forumdan maqsad – O‘zbekiston va Portugaliya Respublikalari o‘rtasida biznes muhitni rivojlantirish deb xabar bermoqda review.uz sayti.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Yevropa Ittifoqining "Management Training Programme” (MTP) va Portugaliyaning sarmoya va tashqi savdo bo‘yicha agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
SSP matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu tadbir doirasida qurilish, tekstil va yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda O‘zbekiston ishbilarmon doiralari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan yetakchi portugaliyalik tadbirkorlar ishtirok etadi.