Toshkentda sayohatlarni buyurtma qiluvchi "inDriver" xalqaro internet xizmati o‘z ishini boshladi. Xizmat ko‘rsatish 21 aprel kuni rasman kuchga kirdi. O‘zbekiston mazkur ilova xizmat ko‘rsatayotgan to‘rtinchi mamlakat bo‘ldi.
Ushbu mobil ilovaning Toshkentda ishga tushirilishi haqidagi gap-so‘zlar anchadan beri bolalayotgan edi. Texnologik va qulay xizmat qisqa vaqt ichida Rossiya hamda Qozog‘istonda misli ko‘rilmagan natijalarga erishdi.
"inDriver" turli shaharlardagi yo‘lovchi va haydovchilarni birlashtirdi, jami foydalanuvchilar soni bir milliondan ortiq! "inDriver" Toshkentda yo‘lovchilarga litsenziyali haydovchilarning eng keng va qulay buyurtma bazasini taklif etadi.
"inDriver"ning siri nimada?
1. Pulni tejash. "inDriver" sayohatining o‘rtacha narxi an'anaviy taksi xizmatining bahosidan 30-50 foizga arzonroq.
2. Vaqtni tejash. Bundan buyon taksi xizmatlaridan bo‘sh mashina qidirib qo‘ng‘iroq qilish zarurati yo‘q. Buyurtma qilingan mashinani qachon kelishini so‘rab dispetcherlar bilan muloqot qilib o‘tirishga hojat qolmadi. Buyurtmani rasmiylashtirib to avtomobil kelgunicha atigi 23 daqiqa vaqt sarflanadi.
3. Qulaylik va oddiylik. Ilova interfeysi tushunarli va mantiqiy. Buyurtmani rasmiylashtirish juda oson yo‘nalish va narxni buyurtma shaklida to‘ldirsa bo‘lgani. Eng yaqin joyda joylashgan taksi haydovchisining o‘zi yo‘lovchiga qo‘ng‘iroq qiladi.
4. Qo‘ng‘iroqsiz buyurtmalar. Shaharning interaktiv xaritasidan o‘zi istagan rusum, masofa yoki reytingiga ko‘ra tanlash imkoni. Istagan avtomobilni tanlab, boshqa haydovchilarga ko‘rinmaydigan shaxsiy buyurtmani amalga oshirish mumkin. Buyurtma qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi xabar ilovada ko‘rinadi.
5. Funktsionallik. Ko‘plab qo‘shimcha optsiyalar sayohatning qo‘shimcha turlarini ko‘rsatish imkonini beradi mikroavtobus tanlash, bolalar kreslosining borligi kabilar.
6. Texnologiklik. Buyurtma qilgan yo‘lovchi haydovchi bilan orasidagi masofani va taksining belgilangan yo‘nalishda harakatlanishini shahar xaritasida ko‘rishi mumkin. Avval amalga oshirilgan yo‘nalishdagi taksi xizmatini bir klik bilan takrorlash mumkin.
7. Xavfsizlik. Yo‘lovchi haydovchining ismi sharifi, yoshi, avtomobil rusumi va raqami, shuningdek bajarilgan buyurtmalari sonini ko‘rib turadi. Har bir haydovchi litsenziya va kelishuvga ega. Buyurtma qilmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi haydovchilarni avvalgi yo‘lovchilar qo‘ygan baholarga qarab saralashi mumkin.
Reyting tizimi tufayli foydalanuvchilarning o‘zlari xizmat sifatini nazorat qilishlari mumkin. Foydalanuvchilarning barcha izohlari moderatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda noinsof haydovchilar yoki yo‘lovchilar bloklanadi.
Bizga qo‘shil va "inDriver"ning barcha imkoniyatlariga baho ber! Mobil ilovasini yuklab olishingiz mumkin: indriver.ru/r/toshkentskun (iOS, Android va Windows Phone).
*Yo‘lovchi tashuvchi "inDriver" internet-agregatori taksi xizmati hisoblanmaydi. "Indriver Franchising" MChJ xizmatlarini O‘zbekiston hududida YaT "Timur Raxmanov" amalga oshiradi.
Reklama huquqlari asosida.