Ekvadorga zilzila asoratlarini bartaraf etish uchun mingdan ortiq xorijlik qutqaruvchilar tashrif buyurdi

Jahon 12:11 / 21.04.2016 845

Mingdan ortiq qutqaruvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislar kuchli zilziladan jabr ko‘rgan Ekvadorga tashrif buyurdi. Bu haqida matbuot anjumanida mamlakat prezidenti Rafael Korrea ma'lum qilgan.

Bugungi kunga qadar Ekvadorga Boliviya, Venesuela, Kuba, Kolumbiya, Meksika va Panama yordam qo‘lini cho‘zdi. Rossiya gumanitar yordam jo‘natishga tayyor.

"Falokat sodir bo‘lgan joyga mingdan ortiq xorijiy va 600 ekvadorlik qutqaruvchilar kelishdi, - dedi Korrea. - Xorijdan yordam uchun katta rahmat".

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, vayronalar ostidan "54 nafar omon qolgan, 525 nafar halok bo‘lgan kishilarni topish"ga muvaffaq bo‘lindi. Jarohat olganlar soni 5 ming kishi atrofida.

Korrea shifokorlar tibbiy dori-darmonlar yetishmovchiligini his qilishmayotganini ma'lum qilgan.

Bundan tashqari, talofat mintaqalarida kasalliklar avj olmasligi uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

7,8 magnitudali zilzila Ekvadorda 16 aprel kuni kechasi Manabi provinsiyasining shimoli-g‘arbidagi Pedernales shahri hududida sodir bo‘ldi. Buning natijasida mamlakat taxminan 3 milliard dollarli ziyon ko‘rdi. Hukumat prognoziga ko‘ra, mamlakatni qayta tiklash uchun bir necha yil kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: