Bollivud aktrisasi va supermodeli Bipasha Basu 30 aprel kuni aktyor Karan Singx Groverga turmushga chiqmoqda. Aktrisa to‘y oldi fotosuratlarini o‘z instagramdagi sahifasiga joyladi.
Ikki juftlik triller-romantika janridagi “Yolg‘iz” (“Alone”, 2015 yil) filmida birga suratga tushishgan va shundan so‘ng, ularning ishqiy sarguzashtlari haqida turli mish-mishlar tarqala boshladi.
37 yoshni qarshilagan Bipasha Basu 2011 yilga qadar aktyor Jon Abraham bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Bollivudda ularni “Eng chiroyli juftlik”, deya e'tirof etishgan va barcha muxlislar yulduzlarning turmush qurishlarini intizorlik bilan kutishgan edi. Biroq ularning sevgi qissasi baxtli yakun topmadi.
Bipasha Basu o‘zining “Poyga”, “Tezlik 2”, “Ajnabiy”, “Do‘stimning to‘yi” kabi filmlardagi rollari orqali tanilgan.
Karan Singx Grover avval ikki marta oila qurgan bo‘lib, u ikkinchi rafiqasi, aktrisa Jyennifer Uinget bilan joriy yilning boshida rasman ajrashdi.