BMW 7-Series avtomobili xaridoriga Montblanc oltin ruchkasini hadya qiladi

Fan-texnika 10:53 / 21.04.2016 1813

BMW kompaniyasi 7-Series sedanining yuz yilligiga bag‘ishlangan The Next 100 Years («Kelasi 100 yil») maxsus rusumini namoyish etdi. Ushbu avtomobilni sotib olgan xaridorga esa, perosi 750 probali oq oltindan yasalgan Montblanc ruchkasi hadya etiladi.
The Next 100 Years modifikatsiyasi, interer va ekstererining alohida uslubda ishlov berilgani bilan e'tiborlidir. Maxsus namuna atigi 100 dona ishlab chiqiladi. Har bir mashinaning tartib raqami markaziy konsoldagi idish joyiga o‘yib yoziladi.

«Yettilik»ning kuzovi to‘q-ko‘k rangga bo‘yalgan va ko‘plab xromli qismlarga ega. O‘rindiqlar oq rangli teri bilan qoplangan, shifti oq tusli alkantara bilan to‘silgan. Eshik ostonasiga BMW Individual yozuvi qayd etilgan. Bundan tashqari, avtomobilga 20 dyuymli disklar o‘rnatiladi.

Hozircha, The Next 100 Years "yettiligi"ning 450 ot kuchiga ega, 4,4-litrli V8 motorli 750Li rusumi yoki 600 ot kuchiga ega 6,6-litrlik V12 dvigateli bilan jihozlangan M760Li modifikatsiyalariga buyurtma berish mumkin. Yil davomida 740Le gidrid versiyasi ham sotuvga chiqariladi. U 326 ot kuchiga ega bo‘ladi.

Ayni damda, yubiley seriyasi avtomobili qancha turishi ma'lum emas. The Next 100 Years BMW 7-Series uchun buyurtmalar qabul qilinishi muddati ham noma'lum.

 

Ko‘proq yangiliklar: