«Barselona» Neymarning Olimpiadada ishtirok etishi masalasida rasman aniqlik kiritdi

Sport 11:07 / 21.04.2016 1089

«Barselona» klubi rasmiy saytida Braziliya futbol konfederatsiyasi (SBF) bilan Neymarning Braziliya terma jamoasidagi ishtiroki borasida kelishuvga erishilgani haqida ma'lum qilindi. Unga ko‘ra, Neymar yozda bo‘ladigan ikki yirik musobaqadan faqat birida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Ma'lum qilinishicha, 24 yoshli hujumchi Amerika kubogi musobaqasini o‘tkazib yuboradi. Bu musobaqa 3 iyundan to 26 iyunga qadar AQShda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Neymar bu musobaqadan voz kechgan va o‘z vatani Braziliyada bo‘ladigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni ma'qul ko‘rgan. Ushbu musobaqa Rio-de-Janeyroda 3-21 avgust sanalarida bo‘lib o‘tadi.

«Barselona» o‘z xabarida ushbu kelishuv uchun Braziliya futbol konfederatsiyasiga va uning rahbari Marko Polo Del Neroga minnatdorchilik bildiradi.

Avvalroq, futbolchining o‘zi terma jamoasi bilan 2 turnirda ham ishtirok etishni istayotgani, lekin jamoa rahbariyati bunga qarshi chiqqani ma'lum qilingandi. Keyinroq, «Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike futbolchini Olimpiadaga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Qayd etish kerakki, ushbu mutaxassisning o‘zi ham Barselona-1992 Olimpiadasida ishtirok etib, oltin medalga ga bo‘lgan edi.

FIFA reglamentiga ko‘ra, «Barselona» Neymarni terma jamoasi so‘rasa, qo‘yib yuborishi kerak. Lekin, Olimpiada o‘yinlariga yubormaslikka haqli.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoalar Olimpiada musobaqalarida 23 yoshda yuqori bo‘lgan 3 nafar futbolchi bilan qatnashishlariga ruxsat tilgan. Braziliya o‘z tarixida Olimpiadaning futbol musobaqasida hech qachon g‘olib chiqmagan. Jamoa 1984, 1988 va 2012 yillarda finalga chiqqan, lekin uch safar ham Fransiya, SSSR va Meksika vakillariga mag‘lub bo‘lishgan. Braziliyaliklar shuningdek 1996 va 2008 yillarda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida bronza medallarga ega bo‘lgan.

«Barselona» Neymarni Olimpiada o‘yinlariga qo‘yib yubormoqchi emas

Ko‘proq yangiliklar: