Bollivud aktrisasi Ayshvariya Ray va aktyor Abxishek Bachchanning turmush qurganiga 9 yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan ular bu tantanani ortiqcha dabdaba va OAV ishtirokisiz, oila davrasida nishonlashga qaror qilishdi.
Aktyor o‘z instagramida rafiqasini muhim sana bilan quyidagicha tabrikladi: “Hamjihatlik, sevgi va yaqinlikning 9 yili”.
Juftlik 2007 yilning 20 aprelida oila qurgan. 2011 yil 16 noyabr kuni esa Ayshvariyaning qiz farzandni dunyoga keltirgani ma'lum bo‘ladi.
Abxishekning otasi Amitabx Bachchan o‘z tvitteri orqali nabirasiga Aradxiya Bachchan deb ism qo‘yilganligi haqida xabar beradi.