AQSh moliya vazirligi 20 dollarlik pulda ayol kishining surati paydo bo‘lishini tasdiqladi

Jahon 11:15 / 21.04.2016 1654

AQSh moliya vaziri Jyeykob Lyu maxsus matbuot-anjumani davomida10 va 20 dollarlik pullarda ayollarning surati paydo bo‘lishini tasdiqladi.

"Men 100 yildan ko‘proq davr ichida birinchi bor qog‘oz pulda – 20 dollarlik pulda ayol kishi – Garriyet Tabmenning surati paydo bo‘lishini mamnuniyat bilan ma'lum qilaman", deb aytdi Lyu. U shuningdek 5 va 10 dollarlik qog‘oz pullarda ham o‘zgarishlar bo‘lishini tasdiqladi.

Lyu o‘tgan yili 10 dollarlik pulda ayol kishining qiyofasi joylashtirilishi rejalashtirilgani va bu bilan mamlakatdagi demokratiyani rivojlantirishda ayol kishining o‘rni haqidagi muhokama keltirib chiqarilganini ma'lum qildi. Uning aytishicha, u ko‘plab murojaatlar olgan, mamlakatning barcha burchaklarida ko‘plab muhokamalar bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek, bunday qog‘oz pul uchun yangi – 25 dollarlik pul yaratish ham taklif qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: