AQShning Alyaska shtatining Ankorij shahrida 20 aprelda yengil samolyot halokatga uchradi. Buning oqibatida ikkita ekipaj a'zosi va shuncha yo‘lovchi halok bo‘ldi, deb ma'lum qilmoqda mahalliy hokimiyat.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, samolyot Ankorij aeroportidan parvozga ko‘tarilishi bilan halokatga uchragan. Samolyot qulayotganda undan chiqqan ovoz mahalliy aholini hushyor torttiradi va ular oyoqqa turadi. "Oradan qisqa vaqt o‘tgach ular quyuq tutunga guvoh bo‘lishadi", — deb aniqlik kiritdi shahar politsiyasi rasmiy vakili Jyennifer Kastro.
Samolyot o‘rmonga qulagan. Havo kemasining yerga kelib urilishi natijasida, avval yonilg‘i baki, so‘ngra samolyotning dvigateli portlagan. Aerodrom o‘t o‘chirish xizmati olovni o‘rmonga yoyilishining oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.
Halokat sabablarini o‘rganishga kirishilgan.