28 aprelda Seulda "Invest in Uzbekistan" biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

Jahon 14:25 / 21.04.2016 1140

2016 yil 28 aprel kuni Janubiy Koreya respublikasi poytaxti Seul shahrida "Invest in Uzbekistan" (O‘zbekistonga sarmoya kiriting) biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. U, O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi va Koreya birjasi hamkorligida tashkil etiladi.

O‘zbekiston hukumatining 2016 yil 19 apreldagi qaroriga ko‘ra, bosh vazir birinchi o‘rinbosari rahbarligidagi rasmiy delegatsiya tarkibi tasdiqlandi. Unda mahalliy kimyo va elektrotexnika sanoati aksionerlik jamiyatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yoqilg‘i-energetika majmuasi, mashinasozlik va temir yo‘lda yuk tashish hamda iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish sohasi vakillari qatnashadi.

Biznes-forumda O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida yaratilgan investitsion imkoniyatlar namoyish etiladi. Koreys kompaniyalari shuningdek, kamida 15 foiz xorijiy kapitalni jalb etish rejalashtirilayotgan 50dan ortiq aksionerlik jamiyati moliyaviy-xo‘jalik yuritish faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2011 yildan O‘zbekistonda Koreya birjasi bilan hamkorlikda, 6 million dollarlik qimmatli qog‘ozlar bozorini modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Joriy yil oxirigacha, Yagona dastur-texnik majmuasi ishga tushiriladi, unda savdo, depozitar va nazorat tizimlari faoliyati umumlashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: