Kuvayt neftchilar kasaba uyushmasi Kuvaytda neft va gaz obektlari ishchilarining ish to‘xtatishi yakunlanganini ma'lum qildi.
Bu haqda mahalliy Al Jarida nashri tvitterda xabar berdi.
Avvalroq Bloomberg agentligi Kuvaytda neft qazib olish hajmi norozilik namoyishlari sababli 60 foizga qisqarib ketganini ma'lum qilgandi.
Neftchilarning noroziligiga hukumatning maoshlar va ijtimoiy to‘lovlarni qisqartirishni rejalashtirayotgani sabab bo‘lgan. Namoyishlarda minglab odamlar ishtirok etdi.