Intel 12 ming xodimini qisqartirdi

Jahon 06:25 / 20.04.2016 1636

Dunyoda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya Intel Corp. kompaniyasi 12 ming xodimini qisqartirdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, qisqartirish kompaniyaning 11 foiz ishchilariga ta'sir qilgan. Bu haqdagi ma'lumot AQShdagi fond savdolari yopilgandan keyin paydo bo‘lgan.

Riley & Co. kompaniyasi tahlilchisi Kreyg Ellis o‘tgan yil oxiridagi ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniyada 107 mingga yaqin odam ishlagani va "kamarni siqibroq boylash vaqti" kelganini aytdi.

2012 yilda kompaniya xodimlari soni 105 mingdan ko‘proq bo‘lgan. 2009 yilda xodimlar soni 79 ming kishini tashkil qilgan va bu 10 yil ichidagi eng minimal ko‘rsatkich bo‘lgandi. Bu davr mobaynida kompaniya ikkita yirik xaridni amalga oshirgan: 2011 yilda McAfee va 2015 yilda Altera kompaniyalarini sotib olgan.

Intel, shuningdek, rahbarlar orasida o‘rin almashtirishlar amalga oshirilishini e'lon qildi: kompaniyaning bosh moliya direktori Steysi Smit ishlab chiqarish va savdolar bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: