Ekvador sohillari bo‘yida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Jahon 05:55 / 20.04.2016 1240

Tinch okeanida, Ekvador sohillari bo‘yida 15,4 km yer ostida 5,5 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologik xizmati saytida ma'lum qilindi.

Zilzila markazi sohildagi Muisne aholi punktidan bor-yo‘g‘i 4 km uzoqlikda bo‘lgan.

Ekvadorda 16 aprelda sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali vayronakor zilzilaning markazi Muisnedan 28 km uzoqlikda bo‘lgan.

Ekvador hukumati 16 apreldagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 499 nafarga yetganini ma'lum qildi, minglab odamlar jabrlangan.

Ko‘proq yangiliklar: