Apple kompaniyasi Tesla’ning bosh muhandisini ishga yolladi

Fan-texnika 07:27 / 20.04.2016 1449

Apple kompaniyasi Tesla Motors kompaniyasining avtomobillar yaratish bo‘yicha sobiq vitse-prezidenti Kris Porrittni ishga yolladi, deb xabar berdi Electrek nashri.

Apple’da Kris Porritt avtomobil loyihasini boshqarishi va avvalroq kompaniyani tark etgan Stiv Zadeski o‘rniga kelishi mumkin. Apple’ning elektromobil yaratish bo‘yicha loyihasi Project Titan deb nomlanadi, biroq kompaniya avtomobil ishlab chiqarish borasida hech narsa aytmayapti.

Bungacha Porritt Land Rover’da ishlagan va Aston Martin’ning bosh muhandisi bo‘lgan. U One-77, V12 Zagato va DB9 kabi avtomobillarning yaratilishi uchun javob bergan. Porritt Tesla’da Model S, X va 3 modellarini yaratish ustida ishlagan.

Tahlilchilarning fikricha, Apple’ning 2019 yilgacha elektromobil yaratishga imkoni 50-60 foizni tashkil qiladi. Elektromobil ega bo‘ladigan asosiy xususiyatlar o‘ziga xos dizayn, mobil qurilmalar bilan faol ishlash imkoniyati va avtopilot funksiyasini kiritish hisoblanadi

Avvalroq Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask Apple’ni "Tesla muhandislari qabristoni" deb atagandi.

Ko‘proq yangiliklar: