«Zenit» Dannining kamida 8 oyga safdan chiqqanini tasdiqladi

Sport 08:22 / 19.04.2016 1141

«Zenit» jamoasi rasmiy saytida portugaliyalik yarimhimoyachisi, jamoa sardori Dannining jarohati jiddiyligini ma'lum qildi.

32 yoshli portugaliyalik «Spartak»ka qarshi uchrashuv vaqtida meniskni shikastlab olgandi va bu mavsumda boshqa maydonga tusha olmasligi aytilgandi. Bundan tashqari uning tizzasida jarohat borligi taxmin qilingan.

Yaqin vaqt ichida futbolchining tizzasida jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Futbolchi 2009 va 2012 yillarda ham xuddi shunday operatsiyani boshdan kechirgandi.

Uning tiklanib, safga qaytishi uchun 8-9 oy ketishi aytilgan. Shu tariqa, futbolchi 2016 yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazib yuboradi.

Ko‘proq yangiliklar: