Nemis avtokompaniyasi bo‘lgan Mercedes-Benz Fransiya janubida jurnalistlar uchun birinchi motorli Arrow460-Granturismo yaxta modelini taqdim etdi. Britaniyaning Silver Arrows Marine kemasozlik kompaniyasi bilan yaratilgan 14 metrli kema har bir 480 ot kuchiga ega ikki dizelli Yanmar dvigatellari bilan jihozlangan va tezlikni 40 uzeldan kuchaytirishga qodir. Bu haqida Highsnobiety xabar beradi.
Kichik tonnali kemani yaratish loyihasi ilk bor 2012 yilda Monakodagi yaxtalar shousida namoyish etilgan. Faqat 10 dona shunday qayiqlar ishlab chiqariladi va har qanday mamlakat uchun kvota faqatgina bir nusxada taqdim etiladi. Yaxtaning interer ishlari uchun evkalipt daraxti va nubuk terisidan foydalanilgan. Uskunalar tarkibiga havo konditsioneri tizimi, audiotizim, sharob yerto‘lasi va muzlar tayyorlash uchun mashina kiradi. Yaxta 10ta kishini ko‘tara oladi. Kemaning taxminiy narxi – 1,7 million dollardan boshlanadi.
“Birgalikdagi hamkorlik mahsuli avtosanoat sohasida qo‘llanilayotgan dinamik uslub va innovatsion texnologiyalar yordamida suv yo‘llaridagi sifat va qulaylikka bo‘lgan yuqori talabga javob bera oladi”, — Silver Arrows Marine dizayn byuroosi rahbari Ron Gibbs.