Kerri Misr va Saudiya Arabistoniga boradi

Jahon 09:22 / 19.04.2016 774

AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbining ma'lum qilishicha, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Misr va Saudiya Arabistoniga tashrif uyushtiradi.

Uning aytishicha, Kerri 20-21 aprel kunlari Qohira va Ar-Riyodda bo‘ladi.

Kirbining qayd etishicha, 20 aprel kuni Kerri Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy bilan hamda misrliklar tashqi ishlar vaziri Sameh Shukri bilan uchrashib, ikki tomonlama hamda hududiy masalalarda muzokara o‘tkazadi.

Shundan so‘ng, davlat kotibi AQSh prezidenti Barak Obama bilan birgalikda Fors ko‘rfazi hamkorligi kengashi sammitida ishtirok etish uchun Ar-Riyodga boradi.

Ko‘proq yangiliklar: